Yaponiyada cho‘kayotgan o‘smirni qutqarib qolgan o‘zbekistonlikning ota-onasiga faxriy yorliq berildi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Avvalroq yapon televideniyesida o‘zbekistonlik talaba Eldor O‘rinboyev yaponiyalik o‘smirni cho‘kayotgan payt qutqarib qolgani haqida yangilik e’lon qilingan edi. Talabaning O‘zbekistonda yashayotgan ota-onasi ham taqdirlandi.

O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligining xabar berishicha, Eldor O‘rinboyevning ota-onasiga Favqulodda vaziyatlar vazirligi nomidan faxriy yorliq topshirilgan. 

Eslatib o‘tamiz, shu munosabat bilan Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchisi Yoinori Fujiyama butun o‘zbek xalqiga minnatdorlik bildirgan edi.

Ta’kidlanishicha, Yaponiyada g‘arq bo‘layotgan insonga yordam berishga urinayotgan shaxsning o‘zi bilan baxtsiz hodisa ro‘y bergan holatlar ko‘p uchraydi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

358

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing