Yaponiyada benzinli dvigatelli avtomobillar sotuvdan olib tashlanadi

Texnologiya

image

2030-yillarning o‘rtalariga kelib Yaponiya benzinli dvigatelli yangi avtomobillarni sotuvdan chiqarib tashlaydi. Shu sabab mamlakat iqtisodiyot, sanoat va savdo vazirligi bu masalani muvofiqlashtirmoqda.

“Kiodo” agentligi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 2030-yillarning o‘rtalariga qadar sotuvga qo‘yilgan barcha yangi avtomobillar gibrid, elektr yoki vodorodli dvigatelga ega bo‘ladi.

Bunga Yaponiya Bosh vaziri Yosixide Suganing mamlakatning 2050 yilgacha issiqxona gazlari chiqindilarini nolga kamaytirish niyati to‘g‘risida bayonoti turtki bo‘ldi. Agar Iqtisodiyot, Sanoat va Savdo vazirligi benzinli dvigatellarni bosqichma-bosqich tugatishni maqsad qilsa, u ishlab chiqaruvchilarni elektr motorlari sohasida intensiv rivojlanishga undashi kutilmoqda.

Kutilganidek, ushbu maqsad uchun aniq yo‘nalishlar yil oxiriga qadar shakllanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Yaponiya avtomobil'

Baholaganlar

456

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing