Yaponiyada 7,4 balli zilzila bo‘ldi. Qurbonlar bor 

Olam

image

Yaponiya shimoli-sharqida kecha, 16 mart kuni kechasi kuchli zilzila yuz berdi. Oqibatda 3 kishi vafot etdi, 194 kishi turli darajada jarohat oldi. Bu haqda NHK telekanali xabar bergan.  

Ta’kidlanishicha, zilzila mahalliy vaqt bilan soat 23:36 (Toshkent vaqti bilan soat 19:36) da sodir bo‘lgan. Uning magnitudasi dastlab 7,3 deb baholangan, keyin esa 7,4 ekani aytilgan. Zilzila epitsentri Fukusima prefekturasi qirg‘oqlarida joylashgan bo‘lib, okean tubida 57 kilometr chuqurlikda joylashgan.  

Tabiiy ofatdan so‘ng darhol mamlakatda sunami xavfi e’lon qilingan. Balandligi 20-30 santimetrgacha bo‘lgan to‘lqinlar Miyagi va Fukusima prefekturalari qirg‘oqlariga yetib kelgan. 

Sunami xavfi mahalliy vaqt bilan bugun, 17 mart soat 05:00 (Toshkent vaqti bilan soat 01:00) ga qadar butunlay bekor qilingan. 

17 mart soat 09:00 holatiga ko‘ra, mintaqada magnitudasi 2,5 dan yuqori bo‘lgan 20 ta zilzila sodir bo‘lgan. Yer silkinishi natijasida Miyagi prefekturasining Shiroishi shahridagi avtomagistral shikastlangan. Miyagi prefekturasining Tome shahridagi yo‘l qoplamasi ham shikastlangan. Fukusima prefekturasida turar-joy binosi qulab tushgan. Kuchli zilzila mintaqada joylashgan atom elektr stansiyalarida favqulodda vaziyatlarga olib kelmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Yaponiya zilzila

Baholaganlar

224

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing