Yaponiyada 6,6 magnitudali zilzila yuz berdi

Olam

image

Bugun, 5 oktyabr kuni Yaponiyada 6,6 magnitudali zilzila yuz berdi. Bu haqda mamlakat bosh meteorologiya boshqarmasi ma’lum qildi.

Zilzila mamlakat vaqti bilan soat 11:00 da Idzu orollari zanjiridagi Torisima yaqinida 10 kilometr chuqurlikda sodir bo‘lgan.

Yaponiya meteorologiya agentligi sunami xavfi haqida ogohlantirgan.

“The Japan Times” nashrining yozishicha, hududga balandligi 0,2 metrgacha bo‘lgan to‘lqinlar sharqda Tiba prefekturasidan g‘arbda Kagosima prefekturasigacha cho‘zilgan yetib borishi taxmin qilinmoqda.

Rasmiylar odamlarni qirg‘oqdan uzoqroq turishga chaqirmoqda.

Idzu arxipelagining aholisi taxminan 25 ming kishini tashkil qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Yaponiya zilzila

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing