Yaponiyada 50 dan ortiq avtomobil to‘qnashdi. Qurbon bor (video)
Olam
−
27 dekabr 2025 3072 1 daqiqa
Yaponiyada muzlama sababli yirik yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda Yaponiya jamoat televideniyesi xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, tezkor avtomagistralda 50 dan ortiq avtomobil to‘qnashgan, ulardan kamida 10 tasi yonib ketgan. Ommaviy avariya oqibatida bir nafar keksa ayol vafot etgan.
Yana besh kishi og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan, 21 kishi esa turli darajadagi tan jarohatlari olgan. Rasmiylarga ko‘ra, qurbonlar va jabrlanganlar soni hali yakuniy emas, u ko‘payishi mumkin.
Live
Barchasi