Yaponiyada 100 yoshdan oshganlar soni 80 mingdan ortib ketdi

Jamiyat

image

"Kunchiqar" mamlakat Yaponiyada 100 yoshdan oshgan odamlar soni 80 mingdan ortib ketdi. Bu haqda 15 sentyabr kuni mamlakat Sog‘liqni saqlash, mehnat va farovonlik vazirligi ma’lumot berdi. 

Ta’kidlanishicha, hozirgi paytda Yaponiyada 100 yoshdan oshgan 80 450 kishi yashaydi. So‘nggi bir yil ichida bu ko‘rsatkich 9 176 kishiga o‘sdi. Shunisi e’tiborga loyiqki, ularning 88 foizini ayollar tashkil etadi – 70 975 kishi. 

Mamlakatdagi eng keksa ayol 117 yoshda, u Fukuoka prefekturasida yashaydi. Eng keksa erkak esa 110 yoshda, u Nara prefekturasida yashaydi.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, agar mamlakatda mavjud demografik muammolar saqlanib qolsa, 2053 yilga borib Yaponiya aholisi hozirgi deyarli 127 million kishidan 100 million kishiga, 2065 yilga borib 88 million kishiga kamayadi, ularning 38 foizini 60 yoshdan katta odamlar tashkil etadi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, xozirda Yaponiyada umumiy aholi soni 126 mln 395 ming 837 nafarni tashkil etmoqda.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Yaponiya

Baholaganlar

135

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing