Yaponiyada ham zilzila sodir bo‘ldi

Olam

image

Bugun, 7 yanvar kuni Yaponiyada 6,0 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda mamlakat metrologiya agentligi xabar berdi.

Boshqarma ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila epitsentri Tinch okeanidagi olis Tori orollari hududida bo‘lgan. Zilzila o‘chog‘i 420 km chuqurlikda joylashgan.

Mahalliy hokimiyat zilzila oqibatida sodir bo‘lgan vayronagarchiliklar va vafot etganlar haqida ma’lumotlarni taqdim etmagan. Shuningdek, sunami xavfi ham e’lon qilinmagan.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 7 yanvar kuni Xitoyning janubi-g‘arbidagi Tibet muxtor okrugida ham 7,1 magnitudali zilzila sodir bo‘lgandi. Zilziladan keyin seysmologlar 49 ta yer silkinishini qayd etgan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, zilzila oqibatida 130 kishi jarohatlangan va 95 kishi vafot etgan.

Silkinish Hindiston shimolidagi Bixar shtatida ham sezilgan, biroq rasmiylar vayronagarchilik alomatlari haqida xabar bermagan.


Maqola muallifi

Teglar

Yaponiya zilzila

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing