Yaponiya Ukrainani tiklash uchun 106 mln dollar ajratmoqchi
Olam
−
12 fevral
3493Yaponiya Vazirlar Mahkamasi Ukraina hukumatiga 106 million dollar miqdorida grant o‘tkazish niyatida. Bu haqda “Kyodo” agentligi manbalariga tayanib, xabar berdi.
Qayd etilishicha, Kiyev bu mablag‘larni mamlakatni qayta tiklash bo‘yicha ikki tomonlama konferensiyadan so‘ng oladi. Tadbir joriy yilning 19 fevraliga mo‘ljallangan.
Uchrashuv davomida, ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikning yettita ustuvor yo‘nalishi ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, Kiyev va Tokio o‘rtasidagi hududlarni minalardan tozalash va IT texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro kelishuvlarga erishilishi kutilmoqda. Bundan tashqari, tomonlar o‘rtasidagi keyingi hamkorlikni tartibga soluvchi 10 dan ortiq turli hujjatlar imzolanadi.
Eslatib o‘tamiz, Bryusselda bo‘lib o‘tgan sammitda Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar rahbarlari Ukrainaga kelasi to‘rt yil uchun 50 milliard yevro miqdorida uzoq muddatli byudjet yordami ajratishni ma’qullagandi.
Rayhona Ulkanbayeva
LiveBarchasi