Yaponiya tarixida birinchi marta ayol kishi admiral bo‘ldi

Olam

image

Yaponiya Mudofaa vazirligi mamlakat tarixida birinchi marta ayol kishiga oliy admiral unvonini berishga qaror qildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qildi.

Ilgari vitse-admiral unvoni bilan katta dengiz qo‘mondonlik xodimlarini tayyorlash maktabini boshqargan 57 yoshli Natsue Kondo oliy admiral bo‘ldi. U endi Yaponiya qirg‘oq mudofaa kuchlari qo‘mondoni vazifasini bajaradi.

Mamlakat quruqlik va havo kuchlarida ham ayollar hech qachon generallikning eng yuqori darajasiga chiqolmagan.

Ayni paytda Yaponiya Mudofaa vazirligi qurolli kuchlarda qo‘mondonlik lavozimlarida ayollar sonini ko‘paytirish dasturini amalga oshirmoqda. 2025 yilga kelib, ular mayor va undan yuqori darajalardagi ofitser va generallarning kamida 5 foizini tashkil qilishi kerak.

2018 yil mart oyida birinchi darajali kapitan Ryoko Azuma tarixda birinchi marta to‘rtta harbiy kemalar guruhini, shu jumladan Yaponiyaning eng yirik vertolyot tashuvchisi “Izumo” kemasini boshqargan ayol bo‘lgan. Hozirda kema qisqa parvoz va vertikal qo‘nishga ega F-35B qiruvchi-bombardimonchilarini olib yuradigan yengil samolyot tashuvchisiga aylantirilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Yaponiya Natsue Kondo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing