Yaponiya Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar e’lon qildi

Olam

image

Yaponiya Rossiya Federatsiyasining 11 jismoniy shaxsi, 3 banki va 29 kompaniyasiga qarshi yangi sanksiyalar e’lon qildi. Bu haqda Yaponiya Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Tokio, shuningdek, 23 yanvardan kuchga kiradigan 22 ta Rossiya tashkiloti va 335 nomdagi tovarlarga eksport cheklovlarini joriy qilmoqda. Sanksiyalangan mahsulot nomlari orasida, maxsus jihozlar, turli asboblar, shuningdek, kichik mototsikllar uchun ehtiyot qismlar bor. Sanksiyalar SMRBank, RFK Bank va Timer Bankka nisbatan qo‘llanadi. Cheklovlar, xususan, “Alrosa” Bosh direktori Pavel Marinichev, “Rostex” Bosh direktorining birinchi o‘rinbosari Vladimir Artyakov, PSV Technologies rahbari Sergey Petrov, “Aleksinskiy” kimyo zavodi va Rossiyaning bir nechta mashinasozlik kompaniyalariga nisbatan kiritilgan.

Bundan tashqari, Rossiyaga qarshi choralar doirasida Yaponiya sanksiyalari KXDRning bir fuqarosi, Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, BAA, Tailand kompaniyalariga nisbatan qo‘llanishi qayd etilgan. Sanksiyalangan tashkilotlar orasida Turkiya, shuningdek, Gruziyaning bitta kredit tashkiloti – MRB Bank bor.

2024 yilning noyabr oyida TASS Yaponiya Moliya vazirligining statistik ma’lumotlariga tayanib, Rossiya va Yaponiya o‘rtasidagi tovar ayirboshlash 15,9 foizga qisqarib, qariyb 650 million dollarni tashkil etgani, Tokio esa 2023 yilning shu davriga nisbatan plastmassa eksporti 1000 foizdan ortiqroqqa oshgani haqida xabar berdi. Yaponiya tomoni Rossiyaga mototsikllar, avtomobillar uchun ehtiyot qismlar va tibbiyot buyumlari eksportini ham oshirgandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buyuk Britaniya hukumati O‘zbekiston va Qozog‘istonning bir nechta kompaniyalariga sanksiya kiritgandi. Britaniya hukumati ularni nega sanksiyaga duchor qilganini ularning Ukrainani beqarorlashtirish yoki uning hududiy yaxlitligi, suvereniteti yoki mustaqilligiga putur yetkazishda ishtirok etgan, moliyaviy xizmatlar ko‘rsatgan yoki Ukrainaning beqarorlashuviga yoki uning hududiy yaxlitligi, suvereniteti yoki mustaqilligiga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan mablag‘lar, iqtisodiy resurslar, tovarlar yoki texnologiyalarni taqdim etgan mazmunidagi vajlarni sabab qilib ko‘rsatgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Yaponiya yangi sanktsiyalar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing