Yaponiya Rossiya oltiniga sanksiya qo‘ydi

Olam

image

Ukraina atrofidagi vaziyat munosabati bilan Yaponiya Rossiya vakillari va korxonalariga nisbatan sanksiyalar ro‘yxatini kengaytirishga qaror qildi. Bu haqda Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisida G7 sammitida aytib o‘tgan.

"Biz tarix chorrahasida turibmiz. Saqol shuki qoidalarga asoslangan xalqaro tartibni saqlab qolish mumkinmi. BMT Xavfsizlik Kengashi va boshqa tuzilmalar bunga adekvat javob bera olmadi", deya Kisidaning Ukraina inqirozi bilan bog‘liq bayonotidan iqtibos keltirdi Yaponiyaning NHK telekanali. .

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, Yaponiya Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy qilmoqda. Ular, xususan, Rossiya oltinini olib kirishni taqiqlash, shuningdek, Rossiyaning 70 ga yaqin jismoniy va yuridik shaxslarining aktivlarini muzlatish, Rossiyaning 90 ta korxona va kompaniyasiga mahsulot eksportini taqiqlash bilan bog‘liq. Yaponlarga ko‘ra, bu kompaniyalar Rossiya harbiy sanoati bilan bog‘liq.

"Biz qonun ustuvorligiga asoslangan xalqaro tartibni mustahkamlaymiz. Biz Ukrainadagi vaziyatdan noto‘g‘ri saboq oladigan davlatlar bo‘lmasligini ta’minlashimiz kerak", deya ta’kidlagan Yaponiya Bosh vaziri.

Uning so‘zlariga ko‘ra, sanksiyalar yumshatilmasligi kerak va “Katta yettilik birligi nafaqat sanksiyalarni qo‘llash, balki narxlarning o‘sishidan himoyalanish uchun ham zarur”, deb yozadi “Kyodo” agentligi Yaponiya hukumatining yuqori martabali vakiliga tayanib.


Maqola muallifi

Teglar

sanktsiya

Baholaganlar

102

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing