Yaponiya osmonida “olovli sharlar” paydo bo‘ldi (video)
Olam
−
11 may 2023 11703 1 daqiqa
Kecha, 10 may kuni Yaponiyaning Okinava prefekturasi aholisi osmonda olov sharlari yoki meteoritlarga o‘xshash noma’lum narsalarni ko‘rdi. Bu haqda TBC xabar berdi.
Ushbu sharlar mintaqaning turli burchaklaridan ko‘ringan. Ular yorqin porlab, necha soniya davomida osmon bo‘ylab uchib o‘tgan.
Guvohlardan birining aytishicha, u “meteorit” taxminan 20 soniya yonib, keyin kechki osmonga g‘oyib bo‘lganini ko‘rgan.
Okinava meteorologiya observatoriyasi ma’lumotlariga ko‘ra, hozircha ob-havo anomaliyalari tasdiqlanmagan.
Yaponiya mudofaa vazirligi Shimoliy Koreyadan harbiy razvedka sun’iy yo‘ldoshlari uchirilgani haqida ma’lumotga ega emasligini ma’lum qilgan.
Weathernews portali ob’ektlar harakatining trayektoriyasi kometadan farq qilganini, olovli dumi esa meteornikidan uzunroq ekanini ta’kidlagan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025