Yaponiya NATO bilan xavfsizlik sohasida hamkorlikni kengaytirmoqchi

Olam

image

Yaponiya NATO bilan xavfsizlik sohasida hamkorlikni kuchaytirishga intilmoqda. Bu haqda Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisida Vashingtonda alyans Bosh kotibi Yens Stoltenberg bilan qo‘shma matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Yaponiya dengiz mudofaasi kuchlari Yevroatlantika mintaqasida NATO qo‘shinlari bilan qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazishni rejalashtirgan. Kisida Yaponiya va NATO “maxfiy razvedka ma’lumotlarini almashish bo‘yicha” hamkorlikni faollashtirayotganini ta’kidladi.

“Yevro-Atlantika va Hind-Tinch okeani mintaqalarining xavfsizlik muhitini endi bir-biridan ajratib bo‘lmaydi”, dedi Kisida.

Qayd etilishicha,  Yaponiya dezinformatsiyaga qarshi kurashda NATO bilan hamkorlikni kengaytirishni ham rejalashtirmoqda. Kisida, shuningdek, Yaponiya 2025 yil mart oyi oxirigacha NATO a’zolari bilan xalqaro konferensiya o‘tkazishini aytdi.

“Yaponiya kiberhujumlarga qarshi kurashda o‘z imkoniyatlarini kuchaytirish maqsadida NATO boshchiligidagi mashg‘ulotlarda ishtirok etadi”,  deya qo‘shimcha qildi Kisida.

Ma’lumot uchun, 9-11 iyul kunlari Vashingtonda bo‘lib o‘tgan NATO sammitiga alyansga a’zo bo‘lmagan Yaponiya, Yangi Zelandiya, Janubiy Koreya va Avstraliya yetakchilari taklif qilingan edi.

Azizbek Eshmamatov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

NATO Yaponiya Stoltenberg

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing