Yaponiya Meteorologiya agentligi ogohlantirish bilan chiqdi (video)

Olam

image

Yaponiya g‘arbidagi Kii yarim orolida kuchli yomg‘ir yog‘ishi sabab “Lan” to‘foni yuzaga keldi. Oqibatda havo, avtomobil va temir yo‘l qatnovi to‘xtatildi. Bu haqda “Kyodo” Agentligi xabar berdi. 

Aytilishicha, Yaponiya g‘arbida joylashgan Vakayama prefekturasida 6 soat ichida 304 mm, Kioto prefekturasida 190 mm yomg‘ir yog‘gan. Osaka orolida tayfun tufayli temir yo‘l va avtomobil yo‘llari qatnovini to‘xtatilishi ortidan 650 ga yaqin odam stansiyalarda tunab qolishga majbur bo‘lgan.

“To‘fondan zarar ko‘rishi mumkin bo‘lgan hududlardagi ba’zi operatorlik tarmoqlari qisman yopildi. Mamlakat bo‘ylab 560 dan ortiq reyslarni bekor qilinishi oqibatida 80 ming yo‘lovchi manziliga yetib borolmagan”, deyiladi xabarda.

Mamlakat Meteorologiya agentligi Yaponiyaning sharqiy, markaziy va g‘arbiy qismlarida kuchli yomg‘ir yog‘ishidan ogohlantirib, aholini xavfli suv toshqinlari, ko‘chkilar va kuchli shamollar sababli hushyor bo‘lishga chaqirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Yaponiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing