Yaponiya malikasi sevgisi tufayli unvonidan mahrum bo‘ldi
Olam
−
26 Oktabr 2021
13723Yaponiya malikasi Mako oddiy yigitga turmushga chiqdi va qirollik xonadoni a’zosi maqomini yo‘qotdi. Bu haqda BBC nashri xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Mako kollejda tanishgan oshig‘i Key Komuroga turmushga chiqqan. Ular aslida 2018 yilda turmush qurishi rejalashtirilgan, biroq ba’zi bir sabablarga ko‘ra nikoh kechiktirilgan.
Yaponiya qonunchiligiga ko‘ra, imperator oilasining ayol a’zolari oddiy fuqaro bilan turmush qurganidan so‘ng, o‘z mavqeini yo‘qotadi, biroq erkaklar uchun bunday qonun yo‘q.
Ma’lum qilinishicha, Mako qirollik to‘y marosimlarini o‘tkazilishini hamda oilani tark etganidan keyin ularga taklif qilinadigan pulni rad etgan.
Hozirda Mako va Key Komuroning to‘yiga qarshi bo‘lganlar Tokio shahrida 100 dan ortiq kishi norozilik namoyishlarini o‘tkazmoqda.
Ular poytaxtning markaziy ko‘chalari bo‘ylab qariyb 2 kilometr yo‘l bosib o‘tishni rejalashtirgan. Aksiya tinch o‘tmoqda, chunki uning ishtirokchilariga politsiya xodimlari hamrohlik qilmoqda.
LiveBarchasi