Yaponiya maktablar borasida bir to‘xtamga keldi
Jamiyat
−
24 mart 2020
7954Yaponiya ta’lim vazirligi mahalliy ma’muriyatlarga barcha ehtiyot choralariga rioya qilgan holda maktablarni ochishni buyurdi. Bu haqda “Kiodo” agentligi xabar bermoqda.
“Vaziyat yaxshilangani yo‘q. Hushyorlikni susaytirmasdan tayyorgarlik ko‘rish kerak”, dedi Tokioda o‘tgan matbuot anjumanida ta’lim va fan vaziri Xagiuda Koiti. U kasallik yana avjiga chiqsa, ta’lim muassasalari yopilishi mumkinligini istisno qilmadi.
Maktablar o‘quv yilining boshida ochilishi kutilmoqda – Yaponiyada u aprel oyining birinchi o‘n kunligida boshlanadi. Maktablarda barcha xavfsizlik choralari ko‘riladi. Infeksiyani tarqatuvchi asosiy uchta omil – xonalarni shamollatib turmaslik, odamlarning to‘planib qolishi va yaqin masofadan aloqada bo‘lishga yo‘l qo‘yilmaydi. Shu sababli, boshlang‘ich maktablarda 40 o‘quvchidan iborat sinflar shakllantiriladi. Xonalarni muntazam ravishda shamollatish, haroratni o‘lchash va aloqa paytida niqob taqish talab etiladi.
Ma’lumot o‘rnida, kunchiqar mamlakatida maktablar joriy yilning 2 mart kunidan boshlab yopilgan edi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Yaponiyada koronavirusga chalinganlar soni 1151 nafarni tashkil etmoqda. 215 kishi shifo topgan bo‘lsa, infeksiya oqibatida 41 kishi vafot etdi.
LiveBarchasi