Yaponiya kosmosga sun’iy yo‘ldosh uchirdi

Olam

image

Yaponiya o‘zining yangi H3 raketasida ALOS-4 sun’iy yo‘ldoshini muvaffaqiyatli uchirdi. Bu haqda Yaponiya aerokosmik tadqiqotlar agentligi (JAXA) ma’lum qildi.

Uchirish kecha, 1 iyul kuni Yaponiyaning janubi-g‘arbiy qismidagi Tanegasima kosmodromida amalga oshirildi. ALOS-4 ofatlarga javob berish va xaritalash uchun foydalaniladigan ma’lumotlarini yig‘ish uchun ishlatiladi.

Sun’iy yo‘ldosh Yaponiya Mudofaa vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan infraqizil datchik bilan jihozlangan. U raketa uchirilishi kabi harbiy harakatlarni kuzatish uchun mo‘ljallangan. Yangi qurilma ALOS-2 ning yanada rivojlangan versiyasidir.

H3 raketasi JAXA va Mitsubishi Heavy Industries tomonidan ishlab chiqilgan.

Azizbek Eshmamatov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Yaponiya raketa Tanegasima kosmodrom

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing