Yaponiya Xitoydan dengiz mahsulotlari importini qayta tiklashni so‘radi

Olam

image

Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisida va Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi Bosh vaziri Li Syan chorshanba kuni Jakartada bo‘lib o‘tayotgan Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasi (ASEAN) sammiti doirasida qisqacha suhbat o‘tkazdi. Bu haqda Kyodo agentligi xabar berdi.

O‘zaro suhbatda Yaponiya hukumati Fukusima atom elektr stansiyasidan radioaktiv suv chiqishi bilan bog‘liq keskinlik kuchaygan bir paytda Yaponiya Bosh vaziri Xitoy hukumatini Yaponiya dengiz mahsulotlari importiga qo‘yilgan taqiqni bekor qilishga chaqirdi.

Yaponiya Tashqi ishlar vazirligiga ko‘ra, Kisida o‘z mamlakatining pozitsiyasini tushuntirib, Yaponiya va Xitoy “konstruktiv va barqaror” aloqalarni o‘rnatishi kerakligini qo‘shimcha qilgan.

Ma’lumot o‘rnida, Xitoy 24 avgustdan boshlab Fukusimadan suvning oqib ketishi tufayli Yaponiyadan dengiz mahsulotlari importini taqiqlab, buni “yadroviy ifloslanish” deb atagandi. Yaponiya bo‘lsa o‘tgan oy oxirida okeanga suv quyishni boshlagan.

Uchrashuvdan keyin Xitoy, Yaponiya va Janubiy Koreya ASEAN+3 sammitida ishtirok etdi.

Uchrashuvda Li Yaponiya ushbu masala bo‘yicha mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishi kerakligini aytdi va uni xalqaro majburiyatlarini bajarishga, qo‘shni davlatlar va tegishli manfaatdor tomonlar bilan maslahatlashishga chaqirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yaponiya vayronaga aylangan Fukusima atom elektr stansiyasidan 1 million metr kubdan ortiq tozalangan radioaktiv suvni okeanga chiqarishni boshlagandi.

Akobir Sayidov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Xitoy Yaponiya dengiz mahsulotlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing