Yaponiya go‘zali tanlovida ukrainalik qiz g‘olib bo‘ldi (foto, video)
Bu qiziq
−
25 yanvar
55994Kelib chiqishi ukrainalik 26 yoshli Karolina Siino “Miss Japan” tanlovida g‘olib chiqdi. Bu haqda “Newsonjapan.com” sayti ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Karolina Ukrainaning Ternopol shahrida tug‘ilgan. U besh yoshida oilasi bilan Yaponiyaga ko‘chib o‘tgan va Ayti prefekturasining Nagoya shahrida o‘sgan.
U Yaponiyadan tashqarida tug‘ilib, go‘zallik tanlovida yetakchi deb topilgan birinchi qiz bo‘lish bilan bir qatorda tanlov tarixidagi eng yoshi katta (26 yosh) sovrindor ekani ham ma’lum bo‘ldi.
"Yapon go‘zali" toj topshirish marosimidan so‘ng bergan intervyusida tanlovda millati bilan bog‘liq yuzaga kelgan muammolar haqida gapirdi.
“Albatta irqiy to‘siqlar bor edi va meni yapon sifatida qabul qilish qiyin kechdi. Ayni paytda men juda xursandman”, degan ko‘z yoshlari bilan Siino.
Yapon tilida mukammal so‘zlasha oladigan Karolina 2022 yilda mamlakat fuqaroligini qabul qilganidan keyin “Miss Japan” tanloviga ariza topshirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, u buni "odamlar tashqi ko‘rinishiga qarab baholanmaydigan jamiyat yaratish" uchun qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Miss International-2022” tanlovida O‘zbekiston vakili sovrindor bo‘lgan edi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr