Yaponiya favqulodda holat e’lon qilishga majbur bo‘ldi
Olam
−
06 aprel 2020
14412Yaponiyaning yettita prefekturasida bir oy muddatga favqulodda holat rejimi joriy etildi. Bu haqda bugun, 6 aprel kuni mamlakat davlat televideniyesi xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur qaror Sindzo Abe boshchiligidagi hukumat tomonidan qabul qilingan. Favqulodda holat rejimi 7 aprel kuni e’lon qilinadi, 8 aprel kuni esa kuchga kiradi. Televideniye bergan ma’lumotlarga ko‘ra, rejim Tokio, unga qo‘shni bo‘lgan Kanagava, Tiba, Saytama, shuningdek, Osaka, Xyogo va Fukuoka prefekturalarida joriy etiladi.
Yaponiyada amaldagi qonunchilikka ko‘ra, hatto favqulodda vaziyatda ham umumiy karantin joriy etilmaydi. Shuningdek, aholi yashash manzillari yopib qo‘yilmaydi, jamoat transportlari to‘xtatilmaydi va aksari xususiy kompaniyalar faoliyati majburan bekor qilinmaydi. Gubernatorlarda mahalliy favqulodda holat rejimi e’lon qilinganida aholini o‘z uylaridan chiqmaslikni tavsiya eta olish huquqi bor, xolos. Maktablar, kinoteatrlar va odamlar to‘planadigan boshqa joylarda cheklov o‘rnatilishi yoki ular faoliyati vaqtincha to‘xtatilishi mumkin.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Yaponiyada koronavirusga 3 654 nafar odam chalindi. 575 bemor shifo topgan bo‘lsa, 85 kishi vafot etdi.
LiveBarchasi