Yaponiya Bosh vaziri saylandi
Olam
−
11 noyabr
2918Yaponiya Liberal-demokratik (LDP) partiyasi yetakchisi Sigeru Isiba Vakillar palatasida (parlamentning quyi palatasi) bo‘lib o‘tgan ikkinchi tur ovoz berish yakunlariga ko‘ra mamlakat Bosh vaziri etib saylandi. Bu haqda “47 news” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Isibani 221 nafar deputat qo‘llab-quvvatlagan. Asosiy muxolifat bo‘lgan Konstitutsiyaviy-demokratik partiya raisi Yosixiko Nodani esa 160 deputat qo‘llagan. Jami 381 ta ovoz berilgan.
Ma’lumot uchun, kun davomida Isiba o‘zining joriy yil 1 oktyabrda ish boshlagan ikkinchi hukumatini shakllantiradi. Taxminlarga ko‘ra, uning tarkibi deyarli o‘zgarmaydi, faqatgina 27 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan saylovlarda qayta saylanmagan vazirlar o‘z lavozimlarini yo‘qotadi. Shunday qilib, Adliya vaziri lavozimini Keysuke Suzuki, Qishloq xo‘jaligi vaziri lavozimini Taku Eto egallaydi. Koalitsiyadagi kichik hamkor “Komayto” partiyasi vakili uchun an’anaviy bo‘lgan Davlat yerlar, infratuzilma, transport va turizm vazirligi rahbari lavozimiga Xiromasa Nakano tayinlanishi kutilmoqda. Kunning ikkinchi yarmida yangi hukumat tarkibi imperator tomonidan tasdiqlanadi.