Yaponiya Bosh vaziri iste’foga chiqyapti. Buning sabablaridan biri – Tokio 2020

Olam

image

Yaponiya Bosh vaziri Yosixide Suga joriy yilning sentyabr oyi oxirida bo‘lib o‘tadigan hukmron Liberal-demokratik partiyasi rahbarligi uchun saylovda qatnashmasligini e’lon qildi. Bu esa uning tez fursatda iste’foga chiqishini anglatadi. 

BBC nashrining yozishicha, saylov joriy yilning 29 sentyabriga belgilangan. Yosixide Sugani ayni vaqtda qo‘llab-quvvatlovchi kam. Bunga Tokio-2020 Olimpiada o‘yinlarining o‘tkazilishi ortidan Yaponiyada koronavirusga chalinganlar sonining ortib ketishi sabab bo‘lgan. Agar Suga hukmron Liberal-demokratik partiyasiga rahbarlik qilishda davom etsa, partiya parlament saylovlarida yutqazib qo‘yishi mumkin. Shu sababdan ham u iste’fo bermoqchi. 

Qayd etish kerakki, Yaponiya poytaxti Tokioda bir necha marta Olimpiadaning o‘tkazilishiga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tdi. Bu norozilik hatto, paralimpiada o‘yinlarida ham davom etdi

“Men bor e’tiborimni koronavirusga qarshi kurashga qaratmoqchiman, shuning uchun saylovda qatnashmayman. Infeksiyaga qarshi choralar ishlab chiqish va bir vaqtning o‘zida saylovda qatnashish katta kuch talab etadi. Ikkalasini ham bir vaqtning o‘zida qila olmayman. Shuning uchun tanlashimga to‘g‘ri keldi. Hukumat rahbari sifatida mening burchim – mamlakatimiz aholisining hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilishdir”, deydi mamlakat Bosh vaziri.

Eslatib o‘tamiz, Yosixide Suga 2020 yilning sentyabr oyida hukumatga kelgan. Bunga sobiq Bosh vazir Sindzo Abening sog‘ligi yomonlashishi ortidan iste’foga chiqishi sabab bo‘lgan


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

309

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing