Yaponiya AQSH bilan raketalarni tutib olish tizimlarini ishlab chiqish niyatida
Olam
−
01 iyun 2023
2116Yaponiya va Amerika Qo‘shma Shtatlari ikki davlat ittifoqi doirasida jilovlash va javob berish imkoniyatlarini kuchaytirish, shu jumladan, gipertovushli qurollarni tutib olish tizimlarini birgalikda ishlab chiqish imkoniyatlarini muhokama qilish bo‘yicha ishlarni davom ettirish niyatida.
Bu haqda Yaponiya mudofaa vaziri Yasukazu Hamada Pentagon rahbari Lloyd Ostin bilan qo‘shma matbuot anjumanida ma’lum qildi.
“Mudofaa xarakteridagi texnologiyalar va qurollar sohasidagi o‘zaro hamkorlik mavzusiga to‘xtalib, biz gipertovushli texnologiyalardan foydalangan holda (raketalarga – tahr.) qarshi turish uchun tutib olish usullarini birgalikda ishlab chiqish imkoniyatlarini muhokama qilishni kengaytirish bo‘yicha umumiy fikrga keldik", dedi Yaponiya bo‘limi boshlig‘i.
Hamadaning ta’kidlashicha, u va Ostin dronlar sohasida hamkorlikni kengaytirishga kelishib olgan.
2022 yil oxirida yapon OAVlari Yaponiya va Qo‘shma Shtatlar ballistik raketalarni mavjud raketaga qarshi moslamalar yetib bo‘lmaydigan balandliklarda yo‘q qilishga imkon beradigan gipertovushli uchuvchi kallakka ega ballistik raketalarni tutib olish texnologiyalari bo‘yicha qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani haqida yozgan edi.
LiveBarchasi