Yaponiya 5-marta JCH pley-off bosqichida o‘ynaydi

Sport

image

Bugun, 26 iyun kuni Yaponiya terma jamoasi Jahon chempionati guruh bosqichining so‘nggi, uchinchi turida Shvetsiya bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Shu tariqa, yaponlar o‘z tarixida beshinchi bor mundial pley-off bosqichida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

“F” guruhining ikkinchi uchrashuvida Niderlandiya Tunisni 3:1 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuv AQSHning Missuri shtatidagi Kanzas-Siti shahrida bo‘lib o‘tdi. Bahsning 3-daqiqasida Tunis terma jamoasi a’zosi Eles Sxiri avtogolga mualliflik qildi. Oradan to‘rt daqiqa o‘tib, Brayan Brobbi Niderlandiyaning ikkinchi golini kiritdi. 62-daqiqada Yan Paul van Xekke hisobni yiriklashtirdi. Tunis safida Hazem Masturi gol urdi.

O‘yinda kiritilgan gollarni ushbu havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Guruh bahslari yakunlariga ko‘ra, Niderlandiya 7 ochko bilan birinchi o‘rinni egalladi. Yaponiya 5 ochko bilan ikkinchi, Shvetsiya 4 ochko bilan uchinchi, Tunis esa 0 ochko bilan so‘nggi o‘rindan joy oldi.

Niderlandiya, Yaponiya va Shvetsiya pley-off bosqichiga yo‘llanma oldi. Niderlandiya 1/16 finalda Marokashga qarshi maydonga tushadi. Ushbu uchrashuv joriy yilning 30 iyun kuni Meksikaning Monterrey shahrida bo‘lib o‘tadi.

Yaponiya 29 iyun kuni AQSHning Texas shtati, Xyuston shahrida Braziliyaga qarshi bahs olib boradi. Shvetsiyaning keyingi bosqichdagi raqibi keyinroq ma’lum bo‘ladi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing