Yaponiya ham rus diplomatlarini haydadi
Olam
−
08 aprel 2022 5735 2 daqiqa
Yaponiya hukumati sakkiz nafar rossiyalik diplomat va Tokiodagi savdo missiyasi xodimlarini mamlakatdan chiqarib yuborishga qaror qildi. Bu haqda bugun, 8 aprel kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Yaponiya tashqi ishlar vazirligi vakili ma’lum qildi.
“Biz Rossiyaning Tokiodagi elchixonasi va savdo vakolatxonasining sakkiz nafar xodimini Yaponiyadan chiqarib yuborishga qaror qildik”, dedi u.
TIV vakili tegishli qarorni amalga oshirish muddatlari haqida ma’lumot bermagan.
Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarovaning TASS agentligiga aytishicha, Moskva bu qaror uchun Tokioga “tegishli javob” beradi.
Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 4 aprel kuni Rossiyaning Berlindagi elchisi Germaniya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirilib, Rossiya diplomatik missiyasining 40 nafar xodimi mamlakatdan chiqarib yuborilgani haqida ogohlantirilgan. Shuningdek, Parij rossiyalik 35 diplomatni mamlakatdan chiqarib yuborishini ma’lum qilgan.
Shuningdek, Ispaniya 25 nafar, Daniya esa 15 nafar rus diplomatlarini mamlakatdan chiqarib yuborishga qaror qildi.
Joriy yilning 29 mart kuni esa Yevropaning bir qator davlatlari, jumladan Belgiya, Niderlandiya va Irlandiya Rossiyaning Ukrainaga hujumi fonida rossiyalik diplomatlarni chiqarib yuborishini ma’lum qilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, 21 nafar rossiyalik diplomat Belgiyani, 17 nafari Niderlandiyani, to‘rt nafari Irlandiyani tark etishi kerak. Keyinroq rus diplomatlarini quvgan davlatlar qatoriga Avstriya, Avstraliya ham qo‘shildi. Ushbu davlatlar mos ravishda 3 va 67 nafar rossiyalik diplomatga chiqish eshiklarini ko‘rsatdi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025