Yanvarda qancha odam avtobusga pul to‘lamagani aytildi

Jamiyat

image

Joriy yilning yanvar oyida chiptasiz yurgan yo‘lovchilarga nisbatan 11 502 ta bayonnoma rasmiylashtirilgan. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, avtobuslarda yo‘l haqini to‘lamaganlarga qarshi kuchaytirilgan reyd tadbirlari o‘tkazilgan. 2026 yilning yanvar oyi mobaynida avtobuslarda chiptasiz yurgan yo‘lovchilarga nisbatan 11 502 ta bayonnoma rasmiylashtirilgan. Ularga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 144-moddasi (transportda chiptasiz yurish) 5-qismiga asosan jarimalar qo‘llanilgan.

“Ma’lumki, jamoat transporti tizimining barqaror ishlashi bevosita yo‘lkira tushumlariga bog‘liq. Har bir yo‘lovchining o‘z vaqtida va belgilangan tartibda yo‘lkira to‘lashi – avtobuslar muntazamligi, xizmat sifati va qulaylikni ta’minlashga xizmat qiladi”, deyiladi Transport vazirligi xabar bergan xabarda

Eslatib o‘tamiz avvalroq, Toshkent shahrida 2025 yilning boshidan sentyabr oyigacha yo‘l haqini to‘lamagan 6 mingdan ortiq shaxs jazolangani haqida xabar berilgandi.

Javohir Aliqulov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

chipta avtobus pul Yanvar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing