Yanvar oyi uchun pensiya va nafaqa pullarini to‘lab berish muddati o‘zgardi
Jamiyat
−
29 dekabr 2021
39069Kelasi yilning yanvar oyi uchun pensiya nafaqalar egalariga odatdagidan kechroq yetkaziladi. Bu haqda Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi ma’lum qildi.
Jamg‘armaning qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi PQ-2753-son Qaroriga muvofiq pensiya va nafaqalar to‘lovi har oyning birinchi bank ish kunidan boshlanib, oyning 27 sanasiga qadar kunlik grafik asosida (dam olish kunlaridan tashqari) mahalla fuqarolar yig‘inlari va fuqarolarning yashash manziliga yetkazilmoqda.
Biroq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoniga asosan 2021 yilning 31 dekabr va 2022 yilning 1–4 yanvar kunlari respublikada barcha soha vakillari uchun dam olish kuni deb e’lon qilingan.
Shu munosabat bilan yanvar oyi uchun pensiya va nafaqalar naqd pul shaklida tarqatilishi hamda bank kartalariga yuklanishi 5-6 yanvar sanasidan boshlab belgilangan muddatlargacha to‘lanishi ta’minlanadi.
LiveBarchasi