Yanvar-aprel oylarida xorijdan yuborilgan pullar 2 mlrd dollarni tashkil qildi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Joriy yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonga kelib tushgan xalqaro transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmi 1,99 mlrd. dollarni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bank Matbuot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, 2020 yilning mos davriga nisbatan 663 mln. dollarga yoki 50 foizga oshgan bo‘lsa, 2019 yilning mos davriga nisbatan esa 34 foizga oshdi.

Chet elga yuborilgan xalqaro pul o‘tkazmalari miqdori 478 mln. dollarga yetdi.

Natijada transchegaraviy pul o‘tkazmalari bo‘yicha ijobiy saldo qariyb 1,52 mlrd dollarga yetdi.


Maqola muallifi

Teglar

Markaziy bank

Baholaganlar

46

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing