Yangiyo‘lga yangi hokim tayinlandi

Jamiyat

−

image

Bugun, 15 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan Xalq deputatlari Yangiyo‘l shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Ravshan Isoqjonovich Raimov Yangiyo‘l shahri hokimi etib tayinlandi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi xabar berdi.

U tayinlovga qadar Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Ma’lumot uchun, Ravshan Raimov 1976 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. Mutaxassisligi – iqtisodchi.

U faoliyati davomida Davlat soliq tizimida bir qator rahbarlik lavozimlarda, shuningdek, 2020-2023 yillarda Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yangiyo‘l shahar hokimi Dilshod Sultonov lavozimidan ozod etilgandi. Uning ishdan olinishining sababi ochiqlanmagan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing