Yangiyo‘lga yangi hokim keldi
Jamiyat
−
17 avgust 2023
8528Odiljon Qosimovich Atoullayev Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Tayinlovga qadar u Nurafshon shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi rahbari bo‘lib ishlagan.
Ma’lumot uchun, Odiljon Atoullayev 1980 yilda Surxondaryo viloyatining Denov tumanida tug‘ilgan. 2008 yilda Andijon Davlat universitetini tamomlagan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 11 iyul kuni o‘tkazilgan investitsiyalar jalb qilishni yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar yuzasidan videoselektor yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yangiyo‘l tumani hokimi Ulug‘bek Yalgashevni lavozimidan ozod qilgandi.
LiveBarchasi
Samarqand shahrida metro quriladi.
14 yanvar