Yangiyo‘ldagi sifatsiz qurilayotgan “dom”da ish to‘xtatildi (video)
Jamiyat
−
05 noyabr 2024 8030 1 daqiqa
Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahri Kamolot ko‘chasidagi ko‘p qavatli turarjoy binosi sifatsiz qurilayotgani aniqlandi va unda olib borilayotgan qurilish ishlari to‘xtatildi. Bu haqda viloyat hududiy Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Yangiyo‘l shahri Kamolot ko‘chasidagi 8 qavatli, 48 xonadonga mo‘ljallangan binoning qurilish-montaj ishlari qurilish talablariga zid ravishda amalga oshirilgan. Xususan, ajratma devorlarda g‘isht terishda belgilangan me’yorlarga amal qilinmagan. Bundan tashqari, g‘isht terish mobaynida qurilish setkalari ishlatilmagan. Bu esa ob’ektda texnik va ichki nazorat ishlamaganini ko‘rsatadi.
Aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha mas’ullarga ko‘rsatmalar berilgan va ular ma’muriy jarimaga tortilishi belgilangan. Bino texnik tekshiruvdan o‘tkazilgunga qadar qurilish ishlari to‘xtatilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 400 o‘ringa mo‘ljallangan Toshkent davlat agrar universitetining talabalar turarjoyi binosida qurilish ishlari sifatsiz olib borilayotgani sabab ishlar to‘xtatilgan edi.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28