Yangiyo‘ldagi 30 sotix yer soxta hujjatlar orqali 38,400 dollarga pullangan

Jamiyat

image

Avval xabar berganimizdek, ayni paytda Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev boshchiligida korrupsiya holatlari bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.

Yig‘ilishda Qishloq xo‘jaligi sohasidagi vazirlik va idoralarda hanuzgacha turli qonun buzilishlar, suiiste’molchiliklarga barham berilmayotganligi tanqid ostiga olindi. Bu haqda Qalampir.uz muxbiri xabar bermoqda.

“O‘tgan ikki yilda qishloq xo‘jaligi sohasiga daxldor vazirlik va idoralarning 391 nafar xodimi turli ko‘rinishdagi jinoyatlari uchun   javobgarlikka tortilgan”, dedi Bosh prokuror.

Misol uchun, Yangiyo‘l tumani qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i Yu. “Valiyev Invest baraka” fermer xo‘jaligi rahbari V. bilan til biriktirib, fermer xo‘jaligining 30 sotix yer maydonini soxta kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish orqali 38.400 dollarga sotib yuborgan.

Bosh prokuror tomonidan ayrim rahbarlar tomonidan yerlardan xo‘jasizlarcha va noqonuniy foydalanish holatlariga yo‘l qo‘yilayotganligi ta’kidlandi.

Xususan, yer maydonlarini xatlovdan o‘tkazish jarayonida respublika bo‘yicha 967 ta holatda 34.822 gektar yer maydoni qonunga zid ajratib berilgan.


Maqola muallifi

Teglar

prokuratura qishloq xo'jaligi

Baholaganlar

60

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing