Yangiyo‘lda o‘quvchi qizni o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan erkak ushlandi

3-sahifa

image

Avvalroq, Yangiyo‘l shahrida noma’lum erkak maktabning 1-sinfida o‘quvchi qizni o‘zi bilan olib ketishga uringani haqida xabar bergan edik. Noma’lum erkak qidiruvga berilgandi.

Yangiyo‘l shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qidiruv e’lon qilingan erkak Milliy gvardiya xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.

Bugun, 4 fevral kuni soat 10:00 larda Milliy gvardiya Qo‘riqlash xizmati xodimlari qidiruvdagi shaxsni Oqqo‘rg‘on tumani markaziy tibbiyot birlashmasiga qarashli oilaviy poliklinika hududida qo‘lga olib, Quyichirchiq tumani IIBga topshirgan.

Olib borilgan surishtiruv ishlari mobaynida ushbu shaxs Toshkent viloyati, Oqqo‘rg‘on tumanida yashovchi, muqaddam Jinoyat kodeksning 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi, 164-moddasi (Bosqinchilik) 2-qismi bilan sudlangan, 1983 yilda tug‘ilgan fuqaro X.T. ekanligi ma’lum bo‘lgan.

Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Yangiyo'l

Baholaganlar

813

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing