Yangiyo‘lda “tovuqxo‘r” shervachcha topildi (video)
Jamiyat
−
14 Oktabr 2023 17895 1 daqiqa
Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanidagi xonadonlardan birida sher bolasi boqilayotgani aniqlandi. Bu haqda Toshkent hayvonot bog‘i matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, Ekologiya vazirligi xodimlari jonivorni Toshkent hayvonot bog‘iga olib kelgan. Arslon bolasi noto‘g‘ri sharoitda saqlangani va to‘g‘ri ovqatlantirilmagani qayd etilgan.
"Uning ahvoliga qarab sher bolasi noto‘g‘ri oziqlantirilganini sezish mumkin. Xonadon egalarining aytishicha, unga faqat tovuq go‘shti va suyagi berilgan. Oqibatda to‘rt oylik sher bolasi uchinchi darajali raxit kasalligini orttirib olgan", deyiladi bu haqdagi ma’lumotda.
Xonadon egalariga ushbu yirtqich bolasi qayerdan kelib qolgani haqida aniq ma’lumotlar mavjud emas. Hozirda u kerakli mutaxassislar nazoratiga olingan.
Live
Barchasi