Yangiyo‘lda noma’lum shaxslar ekologiya inspektorlarini kaltakladi
3-sahifa
−
09 yanvar
3368Toshkent viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi Yangiyo‘l tuman bo‘limi davlat inspektorlariga nisbatan xizmat vaqtida noma’lum shaxslar tomonidan bezorilik harakatlari sodir etildi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 4 yanvar kuni Yangiyo‘l tumani “Samarqand” MFY hududida tuman Ekologiya bo‘limi boshlig‘i A.N. hamda bosh mutaxassis A.J. navbatdagi nazorat reyd tadbirlarini olib borayotgan paytda 4 nafar noma’lum shaxs o‘zlarining “Jiguli” rusumidagi mashinasida ularning yo‘lini to‘sib, xizmat faoliyatiga to‘sqinlik qilgan.
Xodimlar o‘zlarini tanishtirish maqsadida xizmat guvohnomalarini taqdim etgan vaqtda huquqbuzarlar ularga tashlanib, turli tan jarohatlari yetkazgan va kiyimlarini yaroqsiz holatga keltirilgan.
Inspektorlarga Yangiyo‘l tumani markaziy shifoxonasida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Ularning ahvoli o‘rtacha darajada deya baholanmoqda.
“Hozirda ushbu holat Yangiyo‘l tumani IIB tomonidan o‘rganilmoqda”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida iste’mol qilgan ichimlik suvi haqini o‘z vaqtida to‘lamagan fuqaro va nazoratchi o‘rtasida janjal yuzaga kelgandi.
LiveBarchasi