Kurs UZS

USD

12 938.11

18.11

EUR

14 076.66

-25.52

RUB

149.99

0.47

Yangiyo‘lda ko‘prikning bir qismi qulab tushdi

Jamiyat

image

Kecha, 8 mart kuni Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida joylashgan ko‘prikning bir qismi qulab tushdi. Bu haqda viloyat IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Yangiyo‘l tumani hududidan o‘tgan D022 “Nurafshon-Oqqo‘rg‘on-Yangiyo‘l” avtomobil yo‘lining 58-kilometrida joylashgan ko‘prikning bir qismi o‘pirilib tushgan.

“Ushbu shikastlanish vaqtida ko‘prikda fuqarolar va transport vositalari bo‘lmagan”, deyiladi xabarda.

Ma’lum qilinishicha, hozirda ko‘prik tegishli tashkilotlar va Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan nazoratga olingan bo‘lib, harakat ishtirokchilarining xavfsiz harakatlanishi uchun choralar ko‘rilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Piskent tumani hududidagi ko‘prik qulab tushgani xabar qilingandi. Ushbu ko‘prikning qulashiga yuk mashinasining belgilangan 8 tonnadan og‘ir yuk bilan harakatlangani sabab bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

ko'prik Toshkent viloyati Yangiyo'l tumani Nurafshon- Oqqo'rg'on-Yangiyo'l

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing