Yangiyo‘lda Koreya-O‘zbekiston qo‘shma korxonasi butkul yonib ketdi

Jamiyat

image

Bugun, 25 iyun kuni Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanidagi qog‘oz ishlab chiqarish korxonasining 5000 kv.m maydonida yong‘in kelib chiqdi. Bu haqda FVV xabar berdi.

Yong‘in tumandagi “Qirsadoq” MFY, Toshkent shox ko‘chasida joylashgan “Global Comsco Daewoo” MCHJ qog‘oz ishlab chiqarish Koreya-O‘zbekiston qo‘shma korxonasida kelib chiqqan. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, korxona ichidagi 5000 kv.m maydonida yong‘in kelib chiqqan. Ayni vaqtda alanga o‘rab olinib, vaziyat to‘liq nazoratga olingan.

Ushbu yong‘in oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar to‘g‘risida ma’lumotlar kelib tushmagan. Hozirda o‘t o‘chirish ishlari davom etmoqda, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

yong'in FVV

Baholaganlar

436

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing