Yangiyo‘lda xonadondan 2300 yillik odam suyaklari topildi

Jamiyat

image

Yangiyo‘l tumaning “Madaniyat” mahallasidagi Baxt ko‘chasi 35-uyda istiqomat qiluvchi S.Abdug‘aniyevaning hovlisida qazilgan chuqurdan qadimiy qabr topildi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi.

Xonadon egasining murojaati asosida Yangiyo‘l tumani hokimligi, tuman prokuraturasi va tuman IIB bo‘limi vakillari, Toshkent viloyati madaniy meros boshqarmasi mutaxassislari hamda jamoatchilik vakillari hovlidagi chuqurda qazishma ishlarini olib borishdi.

Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra,  mutaxassislar mazkur qadimiy topilma miloddan avvalgi III, milodning III-IV asrlariga oid Qovunchi madaniyatiga taalluqli ekanligini qayd etishdi. Qabrdan o‘sha davrda yashagan odamlarning suyak qoldiqlari (1 ta sklet) va 9 xildagi turli hajm va shakldagi sopol buyumlar (1 donasi siniq holda hamda 1 dona ayollar munchog‘i) olindi. Qadimiy topilmalar Yangiyo‘l shahridagi Usmon Yusupov uy-muzeyiga topshirildi.

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash lozimki, joriy yilning aprel oyida ham Angren shahridagi “Bog‘i Surh” mahallasining Abay ko‘chasi 77-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro F.Normatov hovlisidan topilgan qadimiy qabrda ham odamlarning suyak qoldiqlari (2 ta sklet) va 5 xil turli hajm va shakldagi sopol buyumlar Qovunchi madaniyatiga oid  ekanligi qayd etilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Yangiyo'l Qovunchi madaniyati

Baholaganlar

430

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing