Yangiyo‘lda qariyb 20 mln soxta pul yasagan ona-bola va kelin qo‘lga tushdi

3-sahifa

image

Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahrida qalbaki pul tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi yigit, uning onas va turmush o‘rtog‘i faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Xususan, 1993 yil Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan fuqaro Yangiyo‘l shahridagi yashash manzilida onasi hamda fuqarolik nikohidagi ayoli bilan birgalikda qalbaki milliy valyuta tayyorlash bilan shug‘ullangan.

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ulardan 19,6 mln. so‘m miqdoridagi 196 dona qalbaki 100 ming so‘mlik kupyura, 2 ta kompyuter, 2 ta rangli printer, qog‘oz kesish uskunasi va boshqa ashyoviy dalillar rasmiylashtirib olingan.

Shuningdek, ularning yashash xonadonida 1 dona pnevmatik to‘pponcha borligi ham aniqlanib, tegishli tartibda olib qo‘yildi.

Bundan tashqari, qalbaki valyuta sotib olish uchun kelgan Samarqand viloyatining Nurobod tumanida yashovchi, 1971 va 1984 yillarda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan 2 nafar shaxs ham hibsga olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq, Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida 210 mln so‘m miqdoridagi qalbaki 100 ming so‘mlik kupyuralarni muomalaga chiqarib yuborgan shaxslar ushlangani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

302

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing