Yangiyo‘lda Cobalt va Damas to‘qnashdi. Ikki avtomobil ham yonib ketgan

Jamiyat

image

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida Cobalt va Damas to‘qnashishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Oqibatda ikkala avtomobilda ham yong‘in yuzaga kelgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar bermoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, kecha, 26 dekabr kuni soat 21:00 larda Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani Qo‘shyog‘och QFY hududidan o‘tgan “Toshkent-Yangiyo‘l-Oqqo‘rg‘on” avtomobil yo‘lining 56-kilometrida 1990 yilda tug‘ilgan haydovchi S.E. Cobalt rusumli avtomobilni boshqarayotib, qarshisidan kelayotgan 1997 yilda tug‘ilgan haydovchi E.A. boshqaruvidagi Damas rusumli avtomobil bilan to‘qnashuv sodir etgan. Yo‘l-transport hodisasidan so‘ng yong‘in yuzaga kelgan.  

Oqibatda Damas haydovchisi 23 yoshli E.A. va yo‘lovchisi 18 yoshli A.J. lar tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilib, to‘qnashuv sabablariga aniqlik kiritilayotgani ma’lum qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

180

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing