Yangiyo‘lda bog‘cha bolalari kaltaklandi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda bog‘cha tarbiyachisi bolalarni urayotgani aks etgan video tarqalib, ko‘plab noroziliklarga sabab bo‘ldi. Holat yuzasidan Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi ma’lumot berdi.

Aniqlanishicha, shu yilning 18 iyul kuni Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani “Ibrat” mahallasida joylashgan nodavlat oilaviy bog‘chalardan birida 2002 yilda tug‘ilgan tarbiyachi H.A. ikki nafar (5-6 yoshli) o‘g‘il bolalar o‘zaro talashib, mashg‘ulotga halal bergani uchun ularni urushib, uy oyoq kiyimi bilan jazolagan. 

Jarayon voqeaga guvoh bo‘lgan shaxs tomonidan tasvirga olinib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan.
Holat yuzasidan IIB tomonidan tarbiyachi va boshqa mas’ullar bilan profilaktik suhbat o‘tazilib, bolalarni sud tibbiy ekspertizasidan o‘tkazish uchun yo‘llanma berilgan. O‘rganish davomida tarbiyachi tegishli tartibda ishdan bo‘shatilgan hamda tadbirkorga ogohlantirish berilgan.

“Ekspertiza xulosasi va o‘tkazilayotgan tergovga qadar tekshiruv natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Navoiydagi bog‘chada tarbiyachi yordamchisi bolalarni kaltaklagandi.


Maqola muallifi

Teglar

bog'cha Yangiyo'l

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing