Bir oilaning 5 a’zosini o‘ldirgan qotil umrbodga qamaldi

3-sahifa

Yodingizda bo‘lsa, shu yilning iyul oyida Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida erkak qarindoshi bilan orasidagi o‘zaro kelishmovchilik sabab uning uyini yoqib yuborgan edi. Holat 26 iyul kuni soat tonggi 06:19 larda Yangiyo‘l tumani Nurafshon ko‘chasida joylashgan xonadonda sodir bo‘lgan.

Yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan. Xabarga asosan boshqarmaning Yong‘in qutqaruv qismi o‘t o‘chiruvchilari voqea joyiga yetib borgan va kelib chiqqan yong‘inni bartaraf etgan.

Xonadonni ko‘zdan kechirish davomida 1991 yilda tug‘ilgan  erkak, 1999  yilda tug‘ilgan ayol, 2021 va 2022 yilda tug‘ilgan bolalar, 2018 yilda tug‘ilgan qizning murdalari turli tan jarohatlari bilan topilgan. Ma’lum qilinishicha, vafot etganlar er-xotin va ularning 2 nafar farzandi hamda 1 nafar qiz jiyani bo‘lgan.

Bir kundan keyin ushbu jinoyatni sodir etganlikda gumonlangan shaxs protsessual tartibda ushlangan. Olingan dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 29 yoshdagi gumonlanuvchi shaxs marhumning qarindoshi bo‘lib chiqqan. U ushbu jinoyatni o‘rtalarida mavjud bo‘lgan qarz munosabati sababli sodir etgani aytilgan.

Bosh prokuratura mazkur holat yuzasidan Yangiyo‘l tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish)bilan  jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini aytgandi.

4 oy davom etgan tergov harakatlari nihoyasiga yetganidan so‘ng, ish hujjatlari sudga yuborildi va joriy yilning 15 noyabr kuni birinchi instansiya sud majlisi boshlandi.

Dastlab jinoyat kodeksining faqatgina 97-moddasi bilan ayblangan erkakka keyinchalik Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi “a”, “v”, “j”, “z”, “i” bandlari, 118-moddasi (Nomusga tegish) 1-qismi, 134-moddasi (Qabrni tahqirlash), 164-moddasi (Bosqinchilik) 3-qismi “v”, “g” bandlari va 173-moddasi  (Mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish) 2-qismi “b” bandida nazarda tutilgan ayblovlar qo‘yilgani ma’lum bo‘ldi.

Bildirilishicha, ushbu jinoyat ishi Jinoiy-protsessual kodeksining 19-moddasi talablariga muvofiq yopiq sud majlisida ko‘rib chiqildi.  

Bugun, 28 noyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudida sud majlisi o‘z nihoyasiga yetib sud hukmi o‘qildi.

Unga ko‘ra, sudlanuvchi yuqorida sanaganimiz moddalar – Qasddan odam o‘ldirish, Nomusga tegish, Qabrni tahqirlash, Bosqinchilik va Mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish kabi jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 59-moddasi tartibida umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni maxsus tartibli koloniyalarda o‘tashi belgilandi.


Maqola muallifi

Teglar

Yong'in Yangiyo'l qotil qarindosh

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing