Yangiyo‘lda begona erkak 8 yashar qizni olib ketmoqchi bo‘ldi
Jamiyat
−
03 fevral 2021
9509Joriy yilning 29 yanvar kuni 12:10 larda Yangiyo‘l shahrida yashovchi 2013 yilda tug‘ilgan, 1 sinf o‘quvchisi S.A. darsini tugatib maktabdan chiqqan vaqtida, uning yoniga noma’lum shaxs kelgan va u bilan suhbatlashgan. Unga shirinlik olib berishini aytib, qo‘lidagi maktab sumkasini olib birgalikda bozor tomonga harakatlangan. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB Matbuot xizmati xabar berdi.
Ular biroz yo‘l yurgandan keyin qizaloq u bilan ketmasligini aytib, xarxasha qilib yig‘lay boshlagan. Shundan so‘ng u qizga maktab sumkasini qaytarib bergan va o‘zi yo‘lda davom etgan. Ushbu holat ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan video xabarlarda ham aks etgan.
Holat yuzasidan kelib tushgan xabarga asosan shahar IIB tomonidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, surushtiruv ishlari boshlangan.
Surushtiruv davomida qizning ota-onasi video tasvirda aks etgan shaxsni tanimasligini ma’lum qilgan.
Hozirda ushbu shaxsning kimligini aniqlash va holatga huquqiy baho berish yuzasidan shahar IIB xodimlari tomonidan surushtiruv ishlari davom ettirilmoqda.
LiveBarchasi