Yangiyo‘lda avtobus yonib ketdi
3-sahifa
−
12 mart 2022 7257 1 daqiqa
Kecha, 11 mart kuni Toshkent viloyati, Yangiyo‘l tumanida soat 17:00 larda avtobus yonib ketdi. Bu haqda YHXX xabar berdi.
Hodisa “Yangiyo‘l” MFY hududidan o‘tuvchi “Toshkent-Termiz” avtomobil yo‘lining 838-kilometrida yuz bergan. Haydovchi, 1957 yilda tug‘ilgan K.T. boshqaruvida bo‘lgan Isuzu rusumli avtobusda yong‘in yuzaga kelgan.

Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Hodisa natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q. Avtobus to‘liq yonib ketgan.
Ushbu hodisa yuzasidan Yangiyo‘l tumani FVB va YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.


Live
Barchasi