Yangiyo‘lda 27 sotix yerni 13,5 ming dollarga pullayotgan kadastr xizmati mutaxassisi ushlandi

3-sahifa

image

Toshkent viloyatida fuqaroga 27 sotix yerni 13,5 ming dollarga ostayotgan Yangiyo‘l tumani kadastr xizmati xodimi qo‘lga olindi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB xabar berdi.

Joriy yilning 8 sentyabr kuni fuqaro M.A. viloyat IIBBga ariza bilan murojaat qilgan. Fuqaro o‘z arizasida uy-joy qilish uchun fuqarolarga ajratilayotgan yerlar bo‘lsa, qonuniy sotib olish, uy-joy qilish maqsadida Toshkent viloyati yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri Yangiyo‘l tumani filialiga murojaat qilganini, filialda turar joy mutaxassisi lavozimida ishlovchi I.N. hozirgi kunda shudgor qilinib tayyorlangan yerlarning xar bir sotixi 500 AQSH dollaridan, hozirda 27 sotix tayyorlangan yerni jami 13 500 AQSH dollariga sotmoqchi bo‘lganini ma’lum qilgan.

Jinoyat qidiruv boshqarmasi tezkor xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir natijasida, Toshkent viloyati yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi Toshkent viloyati yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasi Yangiyo‘l tumani filialida turar joy mutaxassisi lavozimida ishlovchi, 29 yoshli I.N. fuqarodan kelishilgan pullarni olayotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro I.N. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-modda 3 qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

korruptsiya Yangiyo'l

Baholaganlar

171

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing