Yangilangan WBC reytingidan 8 nafar o‘zbek bokschisi o‘rin oldi

Sport

image

Butunjahon boks ittifoqi (WBC) fevral oyi uchun yangilangan reytingni e’lon qildi. Yangilangan reytingga 8 nafar o‘zbekistonlik bokschi kiritildi.

E’tiborlisi, o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustalaridan yengil vazn toifasidagi Olimjon Nazarov reytingga kiritildi va 34-o‘rinni egalladi.

Jadvalda eng yaxshi natija birinchi yarimengil vaznda janglar o‘tkazadigan Murodjon Ahmadaliyevga tegishli. Ahmadaliyev 55,3 kg da 3-o‘rinni band etgan.

Supero‘rta vazn toifasida faoliyat olib borayotgan Bektemir Meliqo‘ziyev bir pog‘ona yuqorilab, 12-o‘rindan joy oldi.

Reyting:

Superog‘ir vazn: Bahodir Jalolov 13-o‘rin;

Supero‘rta vazn toifasi (76,2 kg): Bektemir Meliqo‘ziyev 12-o‘rin;

Superyarim o‘rta vazn (69,8 kg): Isroil Madrimov 8-o‘rin;

Yarimo‘rta vazn (66,6 kg): Shahram G‘iyosov 14-o‘rin; Jahongir Rasulov 32-o‘rin;

Birinchi yarimengil vazn (55,3 kg): Murodjon Ahmadaliyev 3-o‘rin;

Yengil vazn (50,82 kg): Olimjon Nazarov 34-o‘rin;

Birinchi o‘ta yengil vazn (47,6 kg): Hasanboy Do‘smatovda 5-o‘rin.


Maqola muallifi

Teglar

boks Bektemir Meliqo'ziev Murodjon Ahmadaliev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing