Yangilangan WBC reytingida Bahodir Jalolov ikki pog‘ona yuqoriladi

Sport

image

Butunjahon boks ittifoqi (WBC) iyun oyi uchun yangilangan reytingni e’lon qildi. Yangilangan reytingga umumiy 8 nafar o‘zbekistonlik bokschi kiritildi.

8 nafar bokschidan aksariyati reytingda o‘z o‘rnini yaxshilab oldi. Jumladan, superog‘ir vaznda Bahodir Jalolov o‘tgan oydagidan 2 pog‘ona ko‘tarilib 10-o‘ringa joylashdi. Birinchi o‘ta yengil vaznda (47,6 kg) Hasanboy Do‘smatov o‘tgan oydagidan pog‘ona balandlab, 5-o‘rin band etdi.

Yarimo‘rta vazn toifasida (66,6 kg) Shahram G‘iyosov 3 pog‘ona balandlab, 8-o‘rinni band etgan bo‘lsa, Jahongir Rasulov 2 pog‘ona yuqoriladi va 31-o‘rinni egalladi.

Yengil vaznda (50,82 kg) Olimjon Nazarov o‘tgan oydagidan 2 pog‘ona yuqorilab 30-o‘ringa joylashdi.

Supero‘rta vazn toifasida (76,2 kg) Bektemir Meliqo‘ziyev o‘tgan oydagi singari 13-o‘rinni, birinchi yarimengil vaznda (55,3 kg) Murodjon Ahmadaliyev 4-o‘rinni, Mirazizbek Mirzaxalilov esa 28-o‘rinni band etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Bahodir Jalolov Hasanboy Do'smatov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing