Yangilangan WBA reytingida 3 nafar o‘zbek bokschisi peshqadam bo‘ldi
Sport
−
14 Sentabr
14952Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) avgust oyi yakunlariga ko‘ra o‘zining yangilangan reytingini e’lon qildi. Unda O‘zbekistonning 8 nafar bokschisi o‘rin oldi.
Jumladan, Olimpiya o‘yinlarining amaldagi chempioni Hasanboy Do‘smatov minimal vazn toifasida, birinchi yarim yengil vaznda Murodjon Ahmadaliyev va yarim o‘rta vaznda Shahram G‘iyosov reytingning birinchi pog‘onasidan joy oldi. Super yarim o‘rta vaznda jang qilayotgan Isroil Madrimov esa uchinchi o‘rin deya e’tirof etildi.
Shuningdek, yarim yengil vaznda ringga ko‘tarilayotgan Otabek Xolmatov 5, super o‘rta vaznda esa Bektemir Meliqo‘ziyev 6-o‘ringa joylashdi.
Birinchi yarim yengil vazn toifasida Muhammad Shexov kuchli o‘nlikka yakun yasab bergan bo‘lsa, super yengil vazndagi Botir Ahmedov WBA reytingida 13-o‘ringa loyiq ko‘rildi.
Ma’lumot uchun, iyul oyi reytingida o‘zbekistonlik professional bokschilar Hasanboy Do‘smatov, Murodjon Ahmadaliyev va Shahram G‘iyosov o‘z vazn toifalarida Butunjahon boks assotsiatsiyasi reytingida 1-o‘rinni egallagandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq IBA Olimpiada sovrindorlariga qancha mukofot puli berishini ma’lum qilgandi.
LiveBarchasi