Yangilangan IBF reytingi e’lon qilindi

Sport

image

Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) bokschilarning avgust oyi reytingini e’lon qildi. E’tiborlisi, reytingdan joy olgan o‘zbekistonlik bokschilar o‘tgan oydagi o‘rinlarini saqlab qolgan.

Birinchi yarim yengil vaznda (55,3 kg) Murodjon Ahmadaliyev va super yengil vazn toifasida (63,5 kg) Shohjahon Ergashev 3-o‘rinda qayd etilgan bo‘lsa, super yarim o‘rta vazn toifasida (69,8 kg) Isroil Madrimov 8-o‘rinni egalladi.

Ma’lumot uchun, Ahmadaliyev navbatdagi jangini yaponiyalik Tomoki Kamedaga qarshi eliminator maqomida o‘tkazadi. Mazkur jang g‘olibi esa hozirda Marlon Tapalesga tegishli bo‘lgan kamar uchun majburiy da’vogarga aylanadi. 

Shohjahon Ergashev esa IBF kamari sohibi puerto-rikolik Sabriyel Matiasga qarshi chempionlik jangida ringga ko‘tariladi. Hozircha ushbu jang sanasi noma’lum. Shu yilning 15 avgust kunida Ergashev va Matias jangi uchun promouterlik savdosi tashkil etiladi.

69,8 kg da Isroil Madrimov keyingi jangini WBA kamari uchun Errol Spensga qarshi o‘tkazishi mumkin. 
Errol Spens Terens Kroufordga mag‘lub bo‘lganidan so‘ng yuqori divizionga o‘tadi. Madrimovning menejeri esa bu imkoniyatdan unumli foydalanib qolish maqsadida mazkur jangni tashkil etish borasida bosh qotirmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Shohjahon Ergashev Isroil Madrimov Murodjon Ahmadaliev Xalqaro boks federatsiyasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing