Yangi Zelandiyada kuchli zilzila sodir bo‘ldi
Olam
−
25 mart
4255Bugun, 25 mart kuni Tinch okeanida – Yangi Zelandiyaning Janubiy orolidagi Danidin shahridan 348 km g‘arbda 6,6 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda AQSH Geologiya xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, zilzila markazi Tinch okeanida, kichik Riverton shahridan 159 km janubi-g‘arbda, 10 km chuqurlikda joylashgan.
Zilzila epimarkazidagi silkinishlar intensivligiga ko‘ra, zilzila “halokatli” deb baholangan.
Mamlakat OAVlari qurilish ob’ektlari qulagani va binolarning chayqalayotgani haqida xabar bergan. Hududda yuz bergan zilzila tufayli ehtiyot choralarini ko‘rish va zarur joylarda qo‘shimcha tekshiruvlar o‘tkazish rejalashtirilgan.
Zilzila oqibatida aynan qancha odam halok bo‘lgani va umumiy talafotlar haqida ma’lumot berilmagan.
Eslatib o‘tamiz, 13 mart kuniga o‘tar kechasi Italiyada joylashgan Neapol shahrida so‘nggi 40 yil ichida kuzatilmagan 4,4 magnitudali zilzila sodir bo‘lgandi.
LiveBarchasi